“Bo‘stonliq ovozi” gazetasining navbatdagi sonida Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlarining “Biochar — tuproq unumdorligi garovi, fermerning qo‘shimcha daromadi” sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolada biocharning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, undan foydalanish imkoniyatlari hamda tuproq unumdorligini oshirishdagi samarasi haqida muhim ma’lumotlar bayon etilgan. Shuningdek, biocharning tuproqning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilash, namlikni saqlash va o‘simliklar uchun qulay muhit yaratishdagi imkoniyatlari yoritilgan




