Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining Anxoy provinsiyasi Xefey shahri Baoxe tumani xalq hukumati o‘rtasida bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shu munosabat bilan, Baoxe tumani rahbarining o‘rinbosari Tszyan Yun boshchiligidagi hamda qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va sanoat-texnologiya tuzilmalari mutasaddi rahbarlaridan iborat rasmiy delegatsiya institutga tashrif buyurdi.


Muzokaralar davomida tomonlar “Baoxe tumani – O‘zbekiston” qishloq xo‘jaligi namoyish parkini tashkil etish, mevali bog‘ va uzumzor barpo etish hamda manzarali daraxtlar yetishtirish bo‘yicha tajriba almashish hamda ilmiy-ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.


Ushbu tashrif ikki tomonlama ilmiy-amaliy va savdo-iqtisodiy aloqalarni tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sohaga ilg‘or innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.


