Joriy yilning 30-sentabr kuni Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati delegatsiyasi bilan ilmiy-amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Natalya Nikolayevna Mariyevskaya — Saratov viloyati Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Dmitriy Aleksandrovich Solovyov — N.I. Vavilov nomidagi Saratov davlat genetika, biotexnologiya va muhandislik universiteti rektori, Yevgeniy Vitalyevich Fesko — rektorning xalqaro faoliyat bo‘yicha maslahatchisi hamda Anna Aleksandrovna Shadrina — Xalqaro aloqalar instituti direktori ishtirok etdi.

Muloqot davomida bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida qo‘shma ilmiy dasturlar va grantlarni ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyalarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy nashrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ilmiy xodimlar va doktorantlar almashinuvi, ma’ruzalar va malaka oshirish dasturlari, ilmiy-texnik axborot va adabiyotlar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma konferensiya va simpoziumlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida 3 yil muddatga mo‘ljallangan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur kelishuv ikki tomonlama ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqot va loyihalarni amalga oshirish hamda bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.


