Boğlarni qişga tayyorlaş va keç kuzgi parvarişlaş böyiça amaliy dala seminari

Kuzgi mavsumboğlarnikelgusi hosilga tayyorlaş, daraxtlarning qişlovga çidamliligini oşiriş hamda mevali ekinlarning soğlom rivojlanişi uçun muhim davr hisoblanadi.

Şu maqsadda Akademik M. Mirzayev nomidagi boğdorçilik, uzumçilik va vinoçilik ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi mutaxassislari tomonidan stansiya boğlarida amaliy dala seminari ötkazildi.

Seminar davomida boğbon va fermerlarga kuzgi agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda taşkil etiş, daraxtlarga töğri şakl beriş, xazonrezlikdan keyin boğlarni kasallik va zararkunandalardan himoyalaş, organik hamda fosfor-kaliyli öğitlardan samarali foydalanış, tuproq namligini saqlaş va daraxtlarni qişki noqulay ob-havo şaroitlaridan asraş böyiça tavsiyalar berildi.

Dala seminarida Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari va mutaxassislari, tuman qişloq xöjaligi bölimi vakillari, fermer, dehqon xöjaliklari mas’ullari, boğbonlar bilan bir qatorda soha yönalişida tahsil olayotgan talabalar ham iştirok etdilar.

Amaliy muloqot jarayonida mutaxassislar agrotexnik usullarni bevosita boğ şaroitida namoyiş etib, iştirokçilarning savollariga ilmiy asoslangan javoblar berdilar hamda mavjud muammolar yuzasidan tavsiyalar bilan örtoqlaşdilar.

Прокрутить вверх