Erta bahorgi sovuqlardan mevali daraxt hosilini qanday saqlash mumkin?

✅Erta bahorda mevali daraxtlar gullash davrida sovuqqa juda sezgir bo‘ladi.
🟢Gullash boshlanishida −2…−4°C harorat gullarning 50–90% gacha nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
🟢To‘liq gullaganda −2°C kritik nuqta hisoblanadi.
🟢Meva tugish davrida hatto −1.1°C ham yosh mevalarga zarar yetkazadi.

Erta bahorgi sovuqlardan himoyalanishning samarali usullari:
⚡️Sovuqdan 1–2 kun oldin bog‘ni sug‘orish
⚡️Bog‘ orasidagi o‘tlarni qisqa o‘rish
⚡️Sovuq arafasida yerga ishlov bermaslik
⚡️Daraxtlarga antifriz eritmasini sepish

Eritma tayyorlash:
100 litr suvga 2 kg kaliy sulfat (yoki kaliy xlorid) va 1 kg karbamid qo‘shiladi. Ushbu eritma gullarning sovuqqa chidamliligini oshirib, hosilni sovuqdan himoya qilishga yordam beradi.

Прокрутить вверх