Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!

Hashar — bu xalqimizga xos ezgu qadriyat bo‘lib, u nafaqat obodonlashtirish ishlari, balki yurtimiz go‘zalligi va pokizaligini asrash yo‘lida barchani birlashtiradigan muhim an’anadir.

Navro‘z bayrami arafasida mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari doirasida akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida shuningdek, institut tizimiga kiruvchi barcha ilmiy-tajriba stansiyalarida ham obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Hashar davomida hududlarni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish, daraxt va butalarni parvarishlash, shuningdek atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam holga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Umumxalq hashari orqali amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar yurtimiz obodligi va farovonligiga, hududlarimizni yanada yashil va fayzli maskanga aylantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Прокрутить вверх