Bugun diyorimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hashari akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning ilmiy-tajriba stansiyalarida ham yuqori ko‘tarinki ruh bilan o‘tmoqda.

Hashar jarayonida hududlarni tozalash, daraxtlarni parvarish qilish, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.


Ana shunday ezgu tashabbuslar hududlar obodligini ta’minlash bilan birga, jamoa a’zolarida tabiatga e’tibor, atrof-muhitni asrash mas’uliyati va yurt ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi.



