Ilm va ma’rifat yo‘lida muhim tashrif

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda uning tizimidagi Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasi rahbariyati va ilmiy xodimlari tomonidan bugun islom olamining ulug‘ allomasi, buyuk muhaddis Imom al-Buxoriyning mangu qo‘nim topgan muqaddas maskani — Imom al-Buxoriy majmuasiga ma’rifiy ziyorat tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif davomida hodimlar majmua hududi bilan yaqindan tanishib, allomaning boy ilmiy merosi, hadisshunoslik ilmi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda ibratli hayot yo‘li haqida atroflicha va qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur ziyorat jamoa a’zolarida yuksak ma’naviy ruh, ilmiy ilhom va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, kelgusidagi ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish yo‘lida muhim ma’naviy turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Прокрутить вверх