Mevali bog‘lar shox-shabbalaridan biochar: innovatsion texnologiya amaliyotda

Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent viloyati AKIS markazi xodimlari bilan hamkorlikda mevali bog‘larning shox-shabbalaridan biochar (bioko‘mir) tayyorlash texnologiyasiga bag‘ishlangan amaliy dala seminari tashkil etildi.

✅Seminar davomida mevali bogʻlarga shakl berishda kesilgan shox-shabbalardan ilk bor biochar tayyorlashda foydalanildi.

🗣Shuningdek, biocharning tuproq xususiyatlariga va undagi foydali mikroorganizmlar faoliyatiga hamda namlikni saqlash jarayonlariga ta’siri haqida mutaxassislar tomonidan ma’lumot berildi.

➡️Bundan tashqari, biocharning tuproq xususiyatlariga ta’siri hamda uni bog‘dorchilik, uzumchilik va koʻchatchilikda qo‘llash imkoniyatlari haqida ham tavsiyalar berildi.

🌿Asosiy e’tibor — mevali bogʻlarning shakl berishda kesilgan shox-shabbalarini qayta ishlash, ulardan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini oshirishga qaratildi.

✨Seminarda ilmiy xodimlar, AKIS va soha mutaxassislari ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar hamda biochar tayyorlash va undan foydalanish bo‘yicha amaliy tajribaga ega boʻldilar.

Прокрутить вверх