“Issiqxonalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi

Joriy yilning 11-mart kuni “Hosildor zamin” loyihasi ishtirokchilari uchun “Issiqxonalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Faxriddin Kirgizboyev Dehqonovich kirish so‘zi bilan ochib berib, issiqxona xo‘jaliklarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, resurslardan oqilona foydalanish va hosildorlikni oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligining Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Ataqulov, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyaev, Yaponiyaning Tottori universiteti Qurg‘oqchil hududlarni o‘rganish ilmiy markazi (Arid Land Research Center) tadqiqotchisi doktor Monir Idres Yahya Ahmed, FAOning issiqxona bo‘yicha eksperti Z. Abdiev, FAOning FOLUR loyihasi milliy muvofiqlashtiruvchisi Aziz Nurbekov, shuningdek vazirlik va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy muassasalar vakillari hamda Qarshi davlat universiteti talabalari, Qarshi tumani 2-son politexnikumi o‘quvchilari va “Hosildor zamin” zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasi tinglovchilari faol ishtirok etdilar.

Seminar davomida issiqxonalardan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, resurs tejamkor usullarni qo‘llash hamda qurg‘oqchil hududlarda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir savol-javoblar hamda bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javoblar oldilar.

Прокрутить вверх